date

Arbeloa Mourinyuning diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi

Arbeloa Mourinyuning diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi

Joze Mourinyu birinchi o‘yinda olgan qizil kartochkasi sabab «Santyago Bernabeu»dagi javob uchrashuvida «Benfika» murabbiylar o‘rindig‘ida bo‘la olmaydi. Vaziyat yuzasidan «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar Arbeloaga Mourinyu yo‘qligi «Benfika»ni zaiflashtiradimi, degan savol bilan murojaat qilishdi. «Men jamoamning yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga e’tibor qaratganman. Bu Mourinyu faoliyatida birinchi marta emas — u bo‘lmagan paytda ham jamoalari natija qila oladi. Ajoyib o‘yin, katta shou bo‘lishiga umid qilaman… va g‘olib «Real» bo‘lsin», — dedi Arbeloa.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvida «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Javob o‘yini 26 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mourinyuning diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi