Pokonyoli Pogba qachon safga qaytishini aytdi

"Monako" bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli yarim himoyachi Pol Pogbaning jarohatdan so'ng qaytish muddatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis matbuot anjumanida Pogbaning tiklanishi ijobiy tomonga ketayotganini ta'kidladi: futbolchining safga qaytishi tobora real ko'rinish olmoqda. "Terma jamoalar uchrashuvlari uchun tanaffusdan sal oldin uni ixtiyorimizda ko'rishni istaymiz. Xalqaro tanaffus paytida u bilan ishlashni rejalashtirmoqdamiz. U butun e'tiborini jamoaga qaratgan", dedi Pokonyoli.
Joriy mavsumda Pogba noyabr-dekabr oylarida "Monako" safida uchta o'yinda maydonga tushdi, biroq keyin yana jarohat sabab lазаретga qaytdi.
Mart oyida Pogba 33 yoshni qarshi oladi. "Monako" esa hozir Liga 1 turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!