Dyugarri Real tarkibidagi ayrim futbolchilarni munosib emas dedi

"Barselona" va "Milan"ning sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri Madridning "Real" klubi haqida keskin fikr bildirdi. Uning aytishicha, jamoa tarkibida klub darajasiga mos kelmaydigan futbolchilar yetarlicha. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dyugarrining ta’kidlashicha, Kilian Mbappe "Real" uchun muammo yaratayotgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, u klubda saviyasi "Real" talablariga yetmaydigan o‘yinchilar ko‘pligini aytib, agar ispanlar Mbappening ketishini istasa, jamoa bundan kuchaymasligini qo‘shimcha qildi, deya uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Dyugarri "Barselona" safida va umuman Ispaniyada atigi bir mavsum — 1997/1998-yillarda to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing