Anchelotti Neymarning Braziliya yig'iniga chaqirilmasligini belgiladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar bo'yicha qarorini qabul qildi. ESPN’ning Braziliya bo'limi xabariga ko'ra, mutaxassis «Santos» hujumchisini mart oyidagi navbatdagi yig'inga chaqirmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu qaror Neymarning yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish imkoniyatlarini ancha pasaytiradi. Qayd etilishicha, Braziliya terma jamoasi keyingi safar mundial arafasida yig'iladi.
Avvalroq OAVda 34 yoshli Neymar jahon chempionatida o'ynashni juda istayotgani, hatto aynan shu maqsadni o'zi uchun asosiy motivatsiya sifatida ko'rayotgani haqida ko'p yozilgandi.
Mart oyida Braziliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlarida Fransiya va Xorvatiya bilan kuch sinashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing