G'urbanov Karabaxning Chempionlar ligasidagi yurishini sarhisob qildi

Seshanba kuni «Karabax» Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o'yinida «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi uchrashuv safarda «qarg'alar»ning 6:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangani sabab, javob bahsi ko'proq rasmiyatchilik tusini oldi. Angliya klubi o'z maydonida tezda ikki gol urdi, ammo ikkinchi bo'limda mehmonlar kurashni kuchaytirib, ikki bor javob qaytardi. Yakunda «Nyukasl» 3:2 hisobida zafar quchdi, ikki o'yin natijasiga ko'ra esa umumiy hisob 9:3 bo'ldi.
«Chempionlar ligasidagi har bir o'yin biz uchun foydali tajriba bo'ldi. Umumiy bosqichda turli tizimdagi kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Eng katta tajriba esa Angliya klublariga qarshi uchrashuvlar bo'ldi. Albatta, bu o'yinlarda yanada yaxshiroq natija ko'rsatishni xohlardim, biroq o'ylaymanki, o'zimizni munosib tomondan namoyish eta oldik», — deya G'urban G'urbanovning so'zlarini UEFA keltirdi.
Eslatib o'tamiz, «Karabax» umumiy bosqichni 10 ochko bilan 22-o'rinda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!