Genich Yuventus Galatasaroyga qarshi o'yin uchun prognoz berdi

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvida Turinning «Yuventus» jamoasi o'z maydonida Istanbulning «Galatasaroy» klubini qabul qiladi. Ushbu bellashuv arafasida futbol sharhlovchisi Konstantin Genich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning ta'kidlashicha, «Yuventus» uchun eng muhim vazifa — birinchi bo'limni yutib olish. Uningcha, uch to'p farqini qaytarish mumkin, biroq buning uchun dastlab tanaffusgacha hisobda oldinga chiqish, keyin esa raqibni bosim ostida ushlab turish zarur. Sharhlovchi prognoz sifatida «Yuventus»ning birinchi bo'limdagi g'alabasini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda «keksa sinyora» 2:5 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragan.
Javob uchrashuvi 25-fevral kuni Turinda bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!