date

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda “Barselona”ni La Ligadagi navbatdagi uy uchrashuviga hozirlab bormoqda — kataloniyaliklar “Vilyarreal”ni qabul qiladi. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshni qarshi oldi va shu munosabat bilan “Bavariya” ijtimoiy tarmoqlarda unga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Myunxen klubi tabrigida “Tug'ilgan kuning bilan, Xansi” degan qisqa va samimiy tilakni qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida jamoa ikki marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini yutdi.

“Barselona” — “Vilyarreal” bahsi fevral oyining so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi