Antuan Grizmann Orlando Siti taklifini ko'rib chiqishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubida to'p surayotgan 34 yoshli fransuz hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini AQSHda davom ettirish ehtimoli bor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, MLS vakili «Orlando Siti» futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub Grizmannga uch yillik shartnoma taklif qilgan.
Grizmannning «Atletiko» bilan amaldagi bitimi kelasi yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u madridliklar safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Futbolchining bozor bahosi 11 million yevroni tashkil etadi.
Shu tariqa, «Atletiko» yaqin orada Grizmannni yo'qotib qo'yishi ham mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing