Real uyda Benfikani yana mag'lub etadi, deydi Mostovoy

UEFA Chempionlar ligasi pley-offining javob uchrashuvida madridning «Real» jamoasi Lissabonning «Benfika» klubini o'z maydonida qabul qiladi. Ushbu qarama-qarshilik haqida sobiq «Spartak» futbolchisi Aleksandr Mostovoy o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoyning aytishicha, «Real» umumiy bosqichda yo'l qo'yilgan holatni takrorlamaydi va bu safar ham g'alabaga yaqin. Uning prognoziga ko'ra, mezbonlar 2:0 yoki 3:1 hisobida zafar quchishi mumkin. Ekspert «Real»ning (-1.5) forasi bilan yutishini ham asosiy tanlov sifatida ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda «qirollik klubi» safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
«Real» — «Benfika» uchrashuvi bugun, 25 fevral kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!