Hyoʻuge Inter ustidan gʻalabani aqlbovar qilmas dedi

Hyoʻuge Inter ustidan gʻalabani aqlbovar qilmas dedi

«Budo'-Glimt»ning qanot hujumchisi Yens Hyoʻuge jamoasi Chempionlar ligasida 1/8 finalga chiqqanidan keyin taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dushanba kuni norvegiyaliklar safarda «Inter»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Ilk uchrashuvda ham «Budo'-Glimt» ustun kelgandi — 3:1.

«Bu aqlbovar qilmas edi. Biz “Inter”ga qarshi juda ogʻir boʻlishini bilardik — ular bunday o‘yinlarda tajribaga ega fantastik jamoa. Uyda zoʻr o‘ynadik, safarda esa himoyada tartibli harakat qildik», — dedi Hyoʻuge.

Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Budo'-Glimt»ni «Manchester Siti» yoki Lissabonning «Sporting» jamoasidan biri kutmoqda. Raqib 27-fevral kuni boʻlib oʻtadigan qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar