date

PSJ Matvey Safonovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

PSJ Matvey Safonovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

25-fevral, chorshanba kuni Rossiya terma jamoasi va Fransiyaning «PSJ» klubi darvozaboni Matvey Safonov tavallud kunini nishonlamoqda. Bugun futbolchi 27 yoshga to‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parij klubi matbuot xizmati rossiyalik futbolchini bayram bilan qutlab, ijtimoiy tarmoqlarda «Tug‘ilgan kuning bilan, Matvey» deya tabrik yo‘lladi.

Safonov 2024 yilda «Krasnodar»dan «PSJ» safiga kelib qo‘shilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Shu kuni «PSJ» Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, jamoada asosiy darvozabon masalasi ham muhokamalarda: Safonov va Shevalye o‘rtasidagi tanlov borasida bosh murabbiy Luis Enrike qarorini bergani haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Matvey Safonovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi