date

Manuel Noyer mavsum yakunida faoliyatini tugatishi mumkin

Manuel Noyer mavsum yakunida faoliyatini tugatishi mumkin

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer kelajagi borasida hozircha aniq qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kicker xabariga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyati posbon bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishni istamoqda. Biroq 39 yoshli futbolchi yakuniy qarorni faqat jismoniy holati va o‘zini qanday his qilayotganiga qarab qabul qiladi. Noyer uchun faoliyatini chet elda davom ettirish varianti umuman ko‘rib chiqilmayapti — u Tomas Myuller «Vankuver»ga yo‘l olganidan farqli ravishda, karyerasini «Bavariya»da yakunlashni maqsad qilgan. Bu mavsum oxirida bo‘ladimi yoki keyinroq — buni vaqt ko‘rsatadi.

Manuel Noyer 2011 yilda «Shalke»dan «Bavariya»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 28 o‘yinda maydonga tushib, 27 gol o‘tkazib yubordi va 9 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Noyer mavsum yakunida faoliyatini tugatishi mumkin