date

Dani Olmo Barselona Chempionlar Ligasi uchun nima kerakligini biladi

Dani Olmo Barselona Chempionlar Ligasi uchun nima kerakligini biladi

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jamoasining joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar 1/8 finalda "Nyukasl" yoki "PSJ"dan biriga qarshi maydonga tushadi. O'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" yarim finalgacha yetib borgan, biroq bu bosqichda Milaning "Inter" jamoasiga yutqazib qo'ygandi.

Olmo jamoa uslubi bilan Chempionlar Ligasini yutib bo'lmasligi haqidagi gaplar uni ranjitishini aytdi. Uning ta'kidlashicha, "Barselona" g'alaba uchun qaysi jihatlarni kuchaytirish kerakligini aniq tushunadi.

1/8 final qur'asi juma kuni, 27-fevral kuni bo'lib o'tadi. Ushbu bosqichning ilk uchrashuvlari 10–11-mart kunlariga, javob o'yinlari esa 17–18-mart kunlariga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dani Olmo Barselona Chempionlar Ligasi uchun nima kerakligini biladi