Yuventus 2019 yildan beri Chempionlar ligasida chorakfinalga chiqa olmayapti

Yuventus Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Galatasaraydan o‘ta olmadi. Luciano Spalletti boshqaruvidagi turinliklar safarda 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi, uy uchrashuvida esa 120 daqiqa yakuniga ko‘ra 3:2 g‘alaba qozondi. Asosiy vaqt tugagach “qari sinyora” 3:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo bu kambek yo‘llanma uchun yetarli bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yevropaning top klublaridan biri bo‘lib qolayotgan Yuventus 2019 yildan beri Chempionlar ligasida chorakfinalgacha ham yetib bora olmayapti. Turin jamoasining so‘nggi yillardagi natijalari shuni ko‘rsatadi.
2019/2020 mavsum: 1/8 finalda Lionga yutqazdi;
2020/2021 mavsum: 1/8 finalda Portuga imkoniyatni boy berdi;
2021/2022 mavsum: 1/8 finalda Vilyarrealga mag‘lub bo‘ldi;
2022/2023 mavsum: guruh bosqichi yakunida musobaqani tark etdi;
2023/2024 mavsum: Yevrokuboklarda ishtirok etmadi;
2024/2025 mavsum: pley-off yo‘llanmasi uchun styk raundida PSVga yutqazdi;
2025/2026 mavsum: styk raundida Galatasaray to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!