date

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketmoqda

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketmoqda

Avvalroq Marselo Galyardoning «River Pleyt»dagi kelajagi borasida muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. Endi bu holat rasman yakun topdi: mutaxassis endi jamoaga bosh murabbiy sifatida rahbarlik qilmaydi, klub u bilan xayrlashmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Galyardo ketishidan oldin yana bir uchrashuvda jamoani boshqarib ulguradi. Payshanba kuni, ya’ni bugun «River Pleyt» «Banfild»ga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘yin muxlislarga hurmat qozongan murabbiy bilan xayrlashish imkonini beradi. Biroq ayrim muxlislar ushbu vaziyatdan foydalanib, unga norozi fikrlarini ham bildirishi ehtimoli yo‘q emas.

Galyardo klub uchun begona emas: u 90-yillarda «River Pleyt» safida to‘p tepgan, keyinchalik esa bir necha bor jamoani boshqargan. Shu sababli u Buenos-Ayres klubida katta obro‘ga ega shaxs hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketmoqda