Deku Barselonaning PSJ yoki Nyukaslga qarshi imkonini baholadi

Juma kuni «Barselona» Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibini bilib oladi. Kataloniyaliklar 1/8 finalda «PSJ» yoki «Nyukasl»dan biriga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Har ikki klub pley-offning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi: parijliklar «Monako»ni, inglizlar esa «Karabax»ni ortda qoldirdi.
«PSJ» va «Nyukasl» — turli uslubdagi jamoalar, ammo biz istalgan raqibdan o‘tish uchun yetarli darajada kuchli ekanimizga ishonamiz», — dedi «Barselona» sport direktori Deku, uning so‘zlarini Managing Barca keltirdi.
Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari 10–11 hamda 17–18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa umumiy bosqichda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!