Martines Ronaldu avvalgidek emasligini ta'kidladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u jamoaga kelganidan beri Ronaldu o'zini namunali tarzda tutmoqda: sardor sifatida hammaning oldida ibrat ko'rsatadi. Biroq Martines Ronaldu futbolchi sifatida endi «Manchester Yunayted»dagi ilk davridagidek emasligini qayd etdi.
Murabbiy Ronaldu endi qanot hujumchisi emasligini, shuningdek, klassik «to'qqizlik» kabi qat'iy pozitsion intizom talab qilinadigan rolda ham o'ynamasligini aytdi. Martinesga ko'ra, Ronaldu hozir Portugaliyaning asosiy yakunlovchi futbolchisi hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasi kelasi yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!