Diego Kosta Pike va Puyoldan meni haqoratlashni so'ragan

Madridning «Atletiko» klubida to'p surgan Diego Kosta «Barselona» himoyachilari Xerar Pike va Karles Puyolga qarshi o'yinlar qanday o'tganini esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchi 2010-yillarning birinchi yarmida Diego Simeone jamoasida yorqin o'yin ko'rsatib, keyinroq «Chelsi»ga yo'l olgan.
Kostaning aytishicha, «Barselona»ga qarshi bahslarda Pike va Puyol u bilan qattiq kurashgan, biroq keyin uzr so'rashgan. Forvard esa ulardan uzr so'ramaslikni, aksincha, o'zini haqorat qilib, jangovar ruhini oshirishni so'ragan.
Shuningdek, u «Barsa»ga qarshi o'yinlarda «Atletiko» ko'proq himoyalanishiga to'g'ri kelgani, to'p esa kamdan-kam oyoqlariga tushganini ta'kidladi. Kosta xotiralarini Barca Universal keltiradi.
37 yoshli, braziliyalik ildizlarga ega ispaniyalik futbolchi 2025 yil boshidan beri klubsiz qolmoqda. U «Atletiko» safida jami 217 uchrashuvda maydonga tushib, 83 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!