Martin Demikelis Ispaniyada Mallorka bosh murabbiyi bo'ldi

Argentinalik mutaxassis Martin Demikelis faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. U La Liga vakili «Mallorka» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, tomonlar 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzolagan. Kelishuvda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham bor.
Demikelisning Ispaniyaga kelishidan avvalgi so'nggi ish joyi Meksikaning «Monterrey» klubi bo'lgan. Mutaxassis o'sha jamoani o'tgan yili tark etgandi.
Joriy mavsumda «Mallorka» La Ligada quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashmoqda. 25 turdan keyin jamoa 24 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing