date

Eddi Xau Chempionlar ligasi qur'asidan oldin fikr bildirdi

Eddi Xau Chempionlar ligasi qur'asidan oldin fikr bildirdi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi qur'asi oldidan o'z fikrlarini aytdi. Ushbu bosqichda «qarg'alar» raqib sifatida «Chelsi» yoki «Barselona»dan biriga to'qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xau «Manchester Siti» bilan to'qnash kelish ehtimoli yo'qligini alohida ta'kidlab, jamoa bu holatdan xursand ekanini aytdi. Murabbiy qur'a natijalarini intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, «Chelsi» bilan qisqa muddat ichida ketma-ket uchta o'yin o'tkazish ehtimoli ham bor. U London klubiga qarshi uy uchrashuvida jamoasi juda yaxshi o'ynaganini eslatib, raqibni hurmat qilishini qo'shimcha qildi. Xau o'sha bahsdan keyin «Chelsi»da murabbiy almashganini ham qayd etdi.

Shuningdek, u «Barselona»ga qarshi uy o'yini ham «Nyukasl» uchun muvaffaqiyatli o'tganini aytdi. Qaysi raqib tushishidan qat'i nazar, Xauga ko'ra, bu bosqich jamoasi uchun juda qiziqarli va prinsipial to'qnashuv bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichida «Nyukasl» «Qarabag'»dan muammosiz ustun keldi — ikki o'yin natijasiga ko'ra 9:3.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eddi Xau Chempionlar ligasi qur'asidan oldin fikr bildirdi