Kompani Bavariya Dortmundga qarshi kuchli tarkib tushira oladi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Dortmundning «Borussiya»siga qarshi muhim o‘yin oldidan jamoaning kadrlar bilan bog‘liq holati haqida fikr bildirdi. Avvalroq myunxenliklar Manuel Noyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Jeni yo‘qotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani aytishicha, matbuot anjumanidan keyin tibbiy shtab bilan alohida yig‘ilish o‘tkaziladi va u futbolchilarning holati bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni oladi. «Hozircha hammasi yaxshi ko‘rinmoqda. Balki hamma ham Dortmundga qarshi uchrashuvda startda maydonga tusholmas. Ammo biz juda kuchli tarkib bilan o‘ynash imkoniga egamiz», — dedi murabbiy.
«Borussiya» — «Bavariya» uchrashuvi shanba, 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Germaniya chempionati 24-tur bellashuvi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Shuningdek, Kompani avvalroq Manuel Noyerning bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi ehtimoli haqida ham to‘xtalgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!