date

Flik Chempionlar Ligasi qurasi natijasiga fikr bildirdi

Flik Chempionlar Ligasi qurasi natijasiga fikr bildirdi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi qurasi haqida gapirdi. Kataloniyaliklar bu bosqichda “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi. Quradagi boshqa ehtimoliy raqib esa “PSJ” edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida Flikdan “Nyukasl” tushgani, “PSJ” emasligi quvontirdimi, deb so‘rashdi. Mutaxassis bunday taqqoslashni to‘g‘ri deb bilmasligini aytib, Chempionlar Ligasida oson o‘yin bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Har bir uchrashuv muhim. Bu turnirda yengil raqib bo‘lmaydi. ‘Nyukasl’ ham kuchli jamoa, biz buni so‘nggi o‘yinlarda ham, ularga qarshi o‘ynaganimizda ham ko‘rdik. Oson bo‘lmaydi. Raqibni doim hurmat qilish kerak. Hamma finalga chiqishni xohlaydi, biz ham. ‘Nyukasl’ ham shuni istaydi”, — dedi Flik.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida “Barselona” safarda “Nyukasl”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Chempionlar Ligasi qurasi natijasiga fikr bildirdi