date

Nyu'kasl Chempionlar ligasida Barselona bilan to'qnash keladi

Nyu'kasl Chempionlar ligasida Barselona bilan to'qnash keladi

Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Nyu'kasl"ga "Barselona" raqib bo'ldi. Qur'a natijasidan so'ng klubning bosh operatsion direktori Bred Miller ushbu juftlik haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Ajoyib to'qnashuv. Turnirning besh karra g'olibiga qarshi o'ynash — bu Yevropaning eng yuqori darajasi, haqiqiy fantastika. Biz hal qiluvchi bosqichlarga chiqyapmiz, shu bois har qanday o'yin og'ir bo'ladi. Jamoamizga, murabbiylar shtabiga va bosh murabbiyga to'liq ishonamiz. Bu uchrashuvlarni katta intiqlik bilan kutyapmiz. Maqsadimiz — imkon qadar uzoqroqqa borish", — dedi Miller UEFAga bergan izohida.

Eslatib o'tamiz, "Nyu'kasl" pley-off bosqichida "Qorabog'"ni ikki o'yinda ham mag'lub etgandi: safarda 6:1, uyda esa 3:2.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nyu'kasl Chempionlar ligasida Barselona bilan to'qnash keladi