Dushan Vlahovichning asosiy maqsadi Barselonaga o'tish

Dushan Vlahovichning kelajagi borasida hozircha jiddiy yangilik yo'q. Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berishicha, 26 yoshli serbiyalik hujumchining eng ustuvor varianti — «Barselona»ga ko'chib o'tish. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Vlahovichning «Yuventus» bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralari bir necha bor boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Shunga qaramay, futbolchi va uning agenti klub bilan ijobiy munosabatlarni saqlab turibdi.
Qayd etilishicha, «Barselona» Vlahovichni kelasi yozda erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishi mumkin.
Vlahovich «Yuventus» safida jami 162 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…