Inter futbolchisi ijarada og'ir jarohat olib safdan chiqdi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda»ga ijara asosida o'tgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddatga maydondan tashqarida qoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina OAV xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchida tizzadagi oldingi xochsimon bog'lama uzilishi aniqlangan. Uning tiklanishi olti oydan sakkiz oygacha davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgandi va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha amal qiladi. Mavsumning birinchi qismida u «Jenoa» safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo'lgan. Istiqbolli argentinalikning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing