Renn Tuluzani yengib, g'alabali seriyasini davom ettirdi

Fransiya Liga 1ning 24-turida "Renn" va "Tuluza" bahsida mezbonlar to'p nazoratida ancha ustun bo'ldi, biroq uchrashuv davomida darvoza tomon yo'llangan aniq zarbalar juda kam bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27-daqiqada "Renn" hisobni ochdi: Musso Tamari uzatmasidan keyin mehmonlar darvozaboni to'pni tutib qololmadi, Arno Nordan himoyachi bilan kurashda yutib chiqdi va bosh bilan to'pni darvozaga yo'lladi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay Tamari jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, ammo to'p juda oz farq bilan nishondan chetda ketdi.
Ushbu g'alaba "Renn" uchun ketma-ket uchinchi bo'ldi va jamoa turnir jadvalida 4-o'rindagi "Marsel"ga ochko bo'yicha yetib oldi. "Tuluza" esa 10-pog'onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing