Keyn mavsumdagi gollari bo'yicha shaxsiy natijasini takrorladi

Germaniya Bundesligasida 24-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Turning markaziy bahsida Dortmundning «Borussiya» jamoasi Myunxenning «Bavariya»sini qabul qildi va mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchdi. «Bavariya» safidagi ikkita golni angliyalik hujumchi Garri Keyn o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Natijada Keynning joriy mavsumdagi jami gollari 44 taga yetdi — barcha turnirlar hisobga olingan. Bu ko'rsatkichga u atigi 37 o'yinda erishdi. Qizig'i, 2023/2024 yilgi mavsumda ham u Myunxendagi ilk yilida 44 gol urgan, biroq o'shanda bunga 45 uchrashuv kerak bo'lgandi.
Hozir Keynning bu natijani yangilab yuborish imkoniyati juda yuqori. U yaqin haftalarda, katta ehtimol bilan mart oyidayoq, yangi shaxsiy rekordini rasmiylashtirib qo'yishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!