Ronaldu Al-Feyha darvozasiga penalti golini ura olmadi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turida 11 metrlik jarimani golga aylantira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Al-Nasr" 28 fevral kuni safarda "Al-Feyha" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Simakan Vilyanueva bilan to'qnashuvda oyog'idan zarba oldi. VAR takrorini ko'rib chiqqan hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi, biroq Ronaldu zarbasi chap ustunga tegib, to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Ayni paytda Ronaldu faoliyati davomida 965 ta gol urgan. O'yinning 72-daqiqasiga kelib hisob 1:1 ko'rinishida teng bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing