Dortmund Borussiyasining 16 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi

Germaniya Bundesligasining 24-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Dortmundning «Borussiya»si kuchli qarshilik ko'rsatganiga qaramay, Myunxenning «Bavariya»siga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Natijada «Borussiya»ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz yurishi to'xtadi. Uchrashuvgacha bu seriya Yevropaning top-5 ligalari orasida davom etayotgan eng uzun ko'rsatkich bo'lib, 16 ta o'yinni tashkil etgandi.
Qiziq jihati shundaki, mazkur seriya ham aynan «Bavariya»ga qarshi o'yindan keyin boshlangan edi: 7-turda myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan, shundan so'ng dortmundliklar kechagi oqshomgacha yutqazmay kelgandi.
Keyingi turda «asalari» 7-mart kuni «Kyoln» maydoniga safar qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing