Erik Garsiya Yamal Atletikoga qarshi yana porlashiga ishonmoqda

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya Kubogi yarim finali javob uchrashuvida Lamin Yamal «Atletiko»ga qarshi yana hal qiluvchi rol o'ynashiga umid bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar shanba kuni La Ligada «Vilyarreal»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi, 18 yoshli qanot hujumchisi esa faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi. Endi seshanba kuni «matraschilar» bilan to'qnashuv kutmoqda — Xans-Diter Flik jamoasi finalga chiqish uchun to'rt to'plik farqni yo'qqa chiqarishi kerak.
«Umid qilamanki, Yamal seshanbadagi «Atletiko» bilan o'yin uchun yana bir nechta golini “saqlab qo'ygan”», — dedi diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradigan Erik Garsiya.
Eslatib o'tamiz, madridliklarga qarshi ilk o'yinda «Barsa» tanaffusgacha bo'lgan vaqtning o'zidayoq to'rtta gol o'tkazib yuborgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!