Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post qoldirdi

Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post qoldirdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuv boshidayoq hisobni ochish imkoniga ega bo'ldi, biroq penaltini golga aylantira olmadi. U o'yin davomida darvoza to'rini ishg'ol eta olmadi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.

"Birga o'sishda davom etamiz! Muhim g'alaba!" — deb yozdi Ronaldu uchrashuv yakunida.

24 turdan so'ng 61 ochko jamg'argan "Al-Nasr" Saudiya ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rinda "Al-Ahli" (59), kuchli uchlikni esa "Al-Hilol" (58) yakunlab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar