Simeone Atletico g'alabasidan keyin muhim fikr bildirdi

La Liganing navbatdagi uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubi «Ovedyo»ni 1:0 hisobida mag'lub etib, minimal, ammo juda qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining g'alabasini baholab, ushbu natija turnir jadvali nuqtayi nazaridan nihoyatda zarur bo'lganini ta'kidladi. Uning aytishicha, uchrashuv davomida «Atletiko» asta-sekin o'z o'yinini topgan, tanaffusdan keyin esa ancha faol harakat qilib, chiroyli gol urishga erishgan.
Simeone, shuningdek, «Vilyarreal»ning mag'lubiyati fonida g'alaba yanada muhim bo'lganini qayd etdi. Bu natijadan so'ng Madrid grandi 51 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati jadvalida «Vilyarreal»ga yetib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing