Keyn dubldan so'ng Levandovski rekordiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi uchrashuvdan keyin ham Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Polshalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya» safida Bundesligada 41 ta gol urib, tarixiy natija qayd etgandi. Shanba kuni dortmundlik «Borussiya»ga qarshi bahsda Keyn dubl muallifiga aylandi va endi mavsum yakuniga qadar 10 tur qolganida uning hisobida 30 ta gol bor.
32 yoshli angliyalik forvardning aytishicha, har o'yindan keyin undan Levandovski rekordi haqida so'rashlarini yaxshi biladi, biroq oldinda hali ko'plab o'yinlar bor. Keyn barqarorlikni saqlash zarurligini ta'kidladi va aprel oxiriga borib bu maqsad qanchalik amalga oshishini ko'rish mumkinligini qo'shimcha qildi.
Dortmundda o‘tgan bahsda «Bavariya» «Borussiya»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Vensan Kompani jamoasi turnir jadvalida «asalari»dan ustunligini 11 ochkogacha oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!