Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda reja bo'yicha qolmoqda

BAAda o'tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay o'zgartirish kiritilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) matbuot xizmati jamoa Pink Ladies Cup doirasidagi qolgan ikki uchrashuvga odatdagi tartibda tayyorgarlikni davom ettirayotganini ma'lum qildi.
RFI vakillarining "Match TV"ga aytishicha, hozircha taqvim o'zgarishsiz: bugun terma jamoada tayyorgarlik mashg'ulotlari, ertaga o'yinoldi ishlari, 3 mart kuni esa uchrashuv bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik futbolchilar turnirdagi ilk o'yinda Tanzaniya jamoasini 4:1 hisobida yirik mag'lub etgandi. 3 mart kuni Rossiya Gana bilan, 6 mart kuni esa Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!