date

Arbeloa Barselona o'yinlarini ham kuzatib borishini aytdi

Arbeloa Barselona o'yinlarini ham kuzatib borishini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Barselona» uchrashuvlarini tomosha qiladimi, degan savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, imkon topishi bilan Ispaniya chempionatidagi barcha o'yinlarni, jumladan «Barselona»ning bahslarini ham kuzatadi.

Arbeloa joriy yil yanvarida «Real»ni qabul qilib olgan va bosh murabbiylik kursisida Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.

La Ligada 25 turdan keyin «Real» 60 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda. «Barselona» to'rt ochko oldinda, biroq «qaymoqranglilar»da bitta o'yin zaxirada.

2 mart kuni «Real» o'z maydonida «Xetafo»ni qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Barselona o'yinlarini ham kuzatib borishini aytdi