Elche Espanolning qora seriyasini to'xtatib qo'ydi

La Liganing 26-turida inqirozdagi Elche va Espanol uchrashuvida har ikki jamoa ham g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ya olmadi. Bahs 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida mehmonlar hisobni ochdi: Pol Losano uzatmasidan keyin Kike Garsiya aniq zarba yo'lladi — 0:1. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin esa Mark Aguado hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Ikkinchi bo'lim startida David Affengruberdan keyingi vaziyatda darvozabon seyv bilan jamoasini qutqarib qoldi, Pere Milya esa qo'shimcha zarbada omadni boy berdi. 57-daqiqada Karlos Romero uzoq masofadan yo'llagan zarbasi bilan yana Espanolni oldinga olib chiqdi — 1:2.
O'yin so'ngida Ramon Terrats qarshi hujumda hisobni mustahkamlash imkoniga ega bo'ldi, biroq to'p ustunga tegdi. 90-daqiqada qo'l bilan o'ynash uchun penalti belgilandi va Rafa Mir zarbani aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi — 2:2. Ko'p o'tmay, Sharl Pikel hakam bilan bahs uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.
Natijadan so'ng Espanol turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda, Elche esa pastki qismda — oxirdan to'rtinchi pog'onani bo'lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!