date

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al Nasrda qoladi

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta o‘yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi ekanini bildirgandi. Shu fon’da portugaliyalik superyulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan: u shartnomasi tugaguniga qadar, ya’ni 2027 yil o‘rtalarigacha «Al-Nasr» safida qolmoqchi. Ta’kidlanishicha, hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillaridan tarkibni kuchaytirish uchun top-futbolchilar transferlari bo‘yicha aniq kafolatlar olgan.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko farq bilan quvib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al Nasrda qoladi