Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi afsonaviy Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishgani haqida xotiralarini bo'lishdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv Maradonaning o'zi taklif qilgan «La noche del 10» teleko'rsatuvi suratga olish jarayonida bo'lib o'tgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining ta'kidlashicha, taklifni olgach, u rad eta olmagan va studiyaga yo'l olgan. O'sha kuni u bilan birga otasi, amakisi va jiyanlari ham bor bo'lgan, ular ham Maradona bilan yuzma-yuz ko'rishgan. «Bu unutilmas edi», — deya Messining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Diego Armando Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing