Lion va Nyukasl ilk besh daqiqadagi gollarda peshqadam

Fransiyaning «Lion»i hamda Angliyaning «Nyukasl»i Yevropaning top-5 ligalari orasida uchrashuvning dastlabki besh daqiqasida urilgan gollar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni «Lion» Fransiya chempionatida «Marsel»ga qarshi bahsda yana shunday tezkor gol urdi. Biroq bu gol jamoaga foyda keltirmadi: «Marsel» o‘yin taqdirini o‘zgartirib, «to‘quvchilar»ning yorqin g‘alabali seriyasiga yakun yasadi va mezbonlarni ochkosiz qoldirdi.
Hozircha «Lion» va «Nyukasl» hisobida dastlabki 5 daqiqada urilgan 6 tadan gol bor. Keyingi o‘rinlarda Ispaniyaning «Alaves»i va Myunxenning «Bavariya»si — ularning har birida 5 tadan shunday gol qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing