date

Eron terma jamoasi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Eron terma jamoasi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida Eron terma jamoasining jahon chempionatida qatnashmasligi ehtimoli tobora kuchaymoqda. Musobaqa asosan AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilganini inobatga olsak, bu ssenariy mantiqan ham tushunarli ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bunday taxminlar avval ham yangragan: eronliklar uchun AQShga viza olish masalasi doim murakkab bo‘lib kelgan. Endilikda esa siyosiy keskinlik bu muammoni yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ham vaziyat bo‘yicha ehtiyotkor fikr bildirdi: «Jahon chempionati va AQShning Eronga hujumi masalasiga kelsak, biz mundialda ishtirok eta olishimizga unchalik ishonmayman. Biroq bu qarorni men qabul qilmayman», — dedi u jurnalistlarga.

Agar Eron terma jamoasi turnirni o‘tkazib yuborsa, uning o‘rnini katta ehtimol bilan BAA yoki Iroq terma jamoasi egallashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron terma jamoasi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin