date

Kavazashvili JCH-2026 bekor bo‘lishi mumkinligini aytdi

Kavazashvili JCH-2026 bekor bo‘lishi mumkinligini aytdi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq darvozaboni Anzor Kavazashvili AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti fonida 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmasligi ham mumkinligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Veteran futbolchi vaziyatning keyingi rivoji hal qiluvchi bo‘lishini ta’kidladi. Uning fikricha, agar AQSh qisqa muddatda ustunlikka erishsa, hammasi avvalgidek qoladi, biroq mojaro cho‘zilib ketsa, mundialni umuman bekor qilish ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 Shimoliy Amerikada — AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavazashvili JCH-2026 bekor bo‘lishi mumkinligini aytdi