Barselona Atletikoni tor-mor etdi, biroq finalga chiqa olmadi

Ispaniya Kubogining yarim final javob uchrashuvida "Barselona" o'z maydonida "Atletiko Madrid" ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi. Biroq, ikki o'yin natijasiga ko'ra (umumiy hisob 3:4), madridliklar final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. O'yinda Mark Bernal dubl qayd etgan bo'lsa (29 va 72-daqiqalar), Rafinya penaltidan gol urib, hisobni yiriklashtirdi.
Statistikaga ko'ra, "Barselona" o'yin davomida to'liq ustunlik qildi: to'p nazorati 70% ga 30% ni tashkil etdi. Kataloniyaliklar raqib darvozasiga 17 ta zarba yo'llab, 15 ta burchak to'pini amalga oshirishdi, "Atletiko" esa bor-yo'g'i 7 ta zarba bilan cheklandi. Shunga qaramay, birinchi o'yindagi katta farq "Atletiko"ga keyingi bosqichga chiqish imkonini berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing