date

Xoland jarohati uchun jamoadoshini hazilomuz aybladi

Xoland jarohati uchun jamoadoshini hazilomuz aybladi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'zining jarohatlangan oyog'i aks etgan suratni bo'lishdi. Futbolchi joylagan rasmda uning boldir qismida butsa tishlari qoldirgan chuqur iz va kesik yaqqol ko'rinib turibdi. Norvegiyalik yulduz bu holatni hazilomuz tarzda izohlab, jarohat uchun jamoadoshi Mateo Kovachichni aybdor qildi va unga minnatdorchilik bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu noxush holat mashg'ulotlar jarayonida yuz bergan. Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" o'tgan shanba kuni Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Biroq Erling Xoland ushbu bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi doirasidagi "Real Madrid"ga qarshi muhim o'yin oldidan o'z yetakchisiga dam berishga qaror qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xoland jarohati uchun jamoadoshini hazilomuz aybladi