date

Xavi Barselona rahbariyatidan norozi

Xavi Barselona rahbariyatidan norozi

"Barselona" klubining sobiq bosh murabbiyi Xavi jamoani boshqargan davridagi muammolar va transfer siyosati haqida ilk bor ochiq gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, klub rahbariyati uning asosiy transfer maqsadlarini amalga oshirishga to'sqinlik qilgan. Xavi ayniqsa, Serxio Buskets o'rnini bosa oladigan Martin Zubimendini tarkibga qo'shib olishni juda istagan, biroq klub moliyaviy qiyinchiliklarni bahona qilib, bu transferga ruxsat bermagan. Bu haqda goal.com xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis nafaqat Zubimendi, balki Lionel Messining qaytishi masalasida ham jiddiy kelishmovchiliklar bo'lganini ta'kidladi. Xavining aytishicha, 2023 yil boshida Messi bilan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va futbolchi jamoaga qaytishga tayyor bo'lgan. Biroq "Barselona" prezidenti Joan Laporta yakunda bu kelishuvni barbod qilgan. Xavi o'zini klub tomonidan aldangandek his qilayotganini va rahbariyatning sport loyihasiga nisbatan munosabati uning umidlarini puchga chiqarganini yashirmadi.


Intervyu davomida Xavi klub ichidagi ichki ziddiyatlar va prezident bilan bo'lgan sovuq munosabatlar haqida ham to'xtaldi. Uning fikricha, klub tomonidan tarqatilgan ayrim ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Shuningdek, Xavi o'zidan keyin kelgan Xansi Flikning odobli harakatini alohida e'tirof etdi. Flik "Barselona" boshqaruvini qabul qilib olganidan so'ng, Xavining uyiga tashrif buyurib, yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun uzr so'ragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xavi Barselona rahbariyatidan norozi