date

Xavi Laportani aybladi: "Barselona"ni uning kuyovi boshqarishini aytdi...

Xavi Laportani aybladi: "Barselona"ni uning kuyovi boshqarishini aytdi...

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Xavi klubdagi ichki muhit haqida juda og‘ir bayonot berdi. Uning aytishicha, Kataloniya klubi rasman prezident Joan Laportaga qarashli bo‘lsa-da, amalda qarorlar boshqa bir ta’sirli shaxs qo‘lida qabul qilinadi.

Xavining ta’kidlashicha, u aynan Laporta sabab “Barsa”ga kelgan, ammo keyin oxir-oqibat prezidentning o‘zi uni “sotib ketgan”day his qoldirgan. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uni bosh murabbiylikdan ketkazish jarayoni ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borilmagan: haqiqat aytilmasdan, sabablar to‘liq tushuntirilmasdan qaror chiqarilgan.

Xavi bu qarorda Laportaning sobiq kuyovi va maslahatchisi sifatida tilga olinadigan Alexandro Echevarriyaning ta’siri katta bo‘lganini aytadi. Uning fikricha, aynan shu shaxs prezidentdan ham yuqori turadigan darajada ta’sirga ega va amaliy jihatdan klubning muhim qarorlarini “yo‘naltiradi”.

«Laporta tufayli “Barsa”ga kelgandim, ammo oxir-oqibat aynan u menga xiyonat qildi. Nega? U haqiqatni aytmasdan meni bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatdi. Bu qaror prezidentdan ham yuqori turadi, deb hisoblanadigan odam — Alexandro Echevarriya ta’siri ostida qabul qilindi. Boshqacha aytganda, meni aynan Alexandro ishdan bo‘shatdi», — deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.

Eng keskin nuqta esa shundaki, Xavi “Barsa”ning tuzilishi shunday ekanini, amalda klubni aynan Alexandro Echevarriya boshqarayotganini aytgan. Qizig‘i, u o‘sha inson bilan avval yaqin va do‘stona munosabatda bo‘lganini ham qo‘shimcha qilgan. Ammo aynan shu do‘stlik fonidagi qaror Xavini qattiq ranjitgan.

Shu bilan birga, Xavi avvalroq ham Laporta atrofidagi muhit OAV orqali unga qarshi salbiy kayfiyat shakllantirgani, ba’zi futbolchilar oldida uni yomon ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgani haqida gapirgandi.

Qisqasi, Xavining intervyusi “Barselona” atrofidagi ichki siyosat qanchalik murakkab ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Endi esa asosiy savol — bu bayonotlarga klub qanday javob qaytaradi va Laporta jamoatchilik oldida qanday pozitsiya tutadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xavi Laportani aybladi: "Barselona"ni uning kuyovi boshqarishini aytdi...