
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev faoliyatidagi to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi. Bu haqda Olamsport.com nashri xabar qilmoqda.
U bu safar Afrika chempioni ugandalik Hamza Sempevoga qarshi ringga ko‘tarildi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan jangda hamyurtimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Jangning 1‑ raundidayoq Sempevo nokautga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon bungacha professional ringda 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar