Yevropa ligasida 1/8 final starti: bu kecha juda qiziq bahslar bo‘lib o‘tadi

Bugun Yevropa ligasida pley-offning yana bir qaynoq bosqichi — 1/8 final bahslari boshlanadi. Bu davra odatda “xatoga joy yo‘q” degan kayfiyatda o‘tadi: bir gol ham, bir kartochka ham, hatto bir muvaffaqiyatsiz pas ham juftlik taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Muxlislarni esa bir yo‘la bir nechta tomoshabop to‘qnashuvlar kutyapti. Ayniqsa, “Bolonya” — “Roma” juftligi Italiyacha qattiq kurash va taktik jang va’da qiladi. “Lill” — “Aston Villa” bahsi esa tezlik, pressing va yuqori tempni yaxshi ko‘radiganlar uchun ayni muddao.
Quyida 1/8 final o‘yinlari ro‘yxati (Toshkent vaqti bilan):
Yevropa ligasi | 1/8 final
22:45 “Bolonya” – “Roma”
22:45 “Lill” – “Aston Villa”
22:45 “Panatinaikos” – “Betis”
22:45 “Shtutgart” – “Port-u”
01:00 “Genk” – “Frayburg”
01:00 “Nottingem Forest” – “Midtyullann”
01:00 “Selta” – “Lion”
01:00 “Ferensvarosh” – “Braga”
Qisqasi, bugungi kecha Yevropa ligasi muxlislari uchun “uyqu rejimi” emas. 22:45danoq janglar boshlanadi, 01:00da esa ikkinchi to‘lqin chiqadi. Kimdir ilk qadamda ustunlikni qo‘lga kiritadi, kimdir esa javob o‘yiniga intrigani saqlab qolish uchun jon kuydiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!