Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu haqda Marca nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Bundan avvalroq, OAVda JCh-2018 saralashi doirasida Argentinaning Chiliga qarshi uchrashuvi vaqtida Messi qanot hakamlaridan birini haqorat qilgani haqida xabar qilingan edi.
Bu ma’lumot FIFAga ham etkazilgan, federasiya Argentina terma jamoasidan bu borada izoh so‘ragan. AFA esa buni tasdiqlaydigan isbot yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng FIFA uchrashuvda ishlagan braziliyalik hakamlar brigadasiga murojaat qilgan. Ular bir ovozdan Messidan haqoratli so‘zlar eshitishmaganini aytishgan.
FIFA esa hakamlar bu xabarni tasdiqlamagan bo‘lsada futbolchini jazolash huquqiga egaligini eslatib o‘tgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi