
«Barselona» himoyachisi Jerar Pikening «Real» sha’niga aytgan gaplari e’tiborsiz qoldirilmaydigan bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Marca xabariga ko‘ra, «Real» huquqshunoslari futbolchining gaplarini to‘liq o‘rganib chiqadi va tegishli xulosa chiqarilgach, bu borada sudga murojaat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, futbolchi klubni g‘irromlikda ayblagan, shuningdek Messi va Neymarning ishini olib borayotgan prokurorning «Real» faxriy mehmon bo‘lib o‘tirishiga ham kinoyali munosabatda bo‘lgan. Bundan tashqari, Jerar klub qadriyatlarini hurmat qilmasligi tufayli, hech qachon «Real»da ishlamasligini aytgandi.
«Real» ma’muriyatining fikriga ko‘ra, futbolchi axloq chegaralarini buzgan va klubga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun ham javob berishi kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar