Portugaliyadagi Madeyra orolining xalqaro aeroporti mamlakat terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga nomlandi. Bu haqda “Interfax” agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Endilikda aeroport rasman “Aeroporto Cristiano Ronaldo” deb ataladigan bo‘ldi. Aeroport binosiga kirish oldida futbolchining byusti o‘rnatildi.
Aeroportga yangi nom berish marosimida Krishtianu Ronalduning o‘zi ham ishtirok etdi. Futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusi chog‘ida o‘z mamlakati bilan faxrlanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Madeyra hukumati aeroport nomini futbolchining sharafiga o‘zgartirishi haqidagi qarorni 2016 yil iyun oyida ma’lum qilgan edi. Bu qaror ma’lum bir qism aholining noroziligiga sabab bo‘ldi va ular arznoma tayyorlashdi, ammo etarlicha ovoz to‘play olishmagani sababli talablari qondirilmadi.
Futbolchi 1985 yilda Funshal orollari poytaxtida tug‘ilgan. Shaharda Krishtianu Ronaldu sharafiga muzey ochilgan, shuningdek, uning haykali ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi